EV akkumulyatorini qanday uzoqroq saqlash mumkin?
Elektr avtomobil batareyasining xizmat muddatini uzaytirish bo'yicha amaliy maslahatlar.
№1 EV Mutaxassislari
Elektr va gibrid avtomobilingizni ishonchli qo'llarga topshiring. Zamonaviy diagnostika, tez va kafolatlangan ta'mirlash — bir joyda.
Nima qilamiz
Elektr va gibrid avtomobillarga ixtisoslashgan to'liq xizmat yechimi
Original dasturlar yordamida BMS, VCU va barcha ECU modullari to'liq skanerlash va kalibrovka.
Batafsil →
HV batareya holati, sig'im va samaradorligini chuqur tahlil qilamiz. Muammolarni erta aniqlaymiz.
Batafsil →
Muntazam profilaktik ko'rik, tormoz tizimi, ballon va yoritish tizimlarini kompleks tekshiruv.
Batafsil →
Traktsion motorlar va inverterlarni professional darajada ta'mirlash va almashtirish xizmati.
Batafsil →
OBC, DC-DC konvertor va zaryadlash portini diagnostika va ta'mirlash. AC/DC muammolarini hal qilamiz.
Batafsil →
Toyota, Lexus, Honda gibrid tizimlarini ixtisoslashgan xizmat ko'rsatish. Inverter va generator ta'miri.
Batafsil →Kimligimiz
Elektro Tabib — O'zbekistondagi birinchi ixtisoslashgan elektr va gibrid avtomobil servis markazi. 2017-yildan buyon biz minglab mijozlarga ishonchli, tez va sifatli xizmat ko'rsatib kelmoqdamiz.
Zamonaviy diagnostika uskunalari, sertifikatlangan mutaxassislar va original ehtiyot qismlar bilan avtomobilingizni eng yaxshi holatga keltiramiz. Har bir ta'mirlash ishiga yozma kafolat beramiz.
BYD, Tesla, Chery New Energy, Toyota Hybrid, Lexus Hybrid va ko'plab EV brendlariga ixtisoslashgan ustalarimiz sizning avtomobilingizni fabrika standartlarida ta'mirlaydi.
Ishlarimiz
Ta'mirlash jarayonlaridan lavhalar
Bilimlar
EV va Hybrid avtomobillar haqida foydali maqolalar
Elektr avtomobil batareyasining xizmat muddatini uzaytirish bo'yicha amaliy maslahatlar.
Gibrid tizimida qanday nosozliklar ko'proq uchraydi va ularning oldini olish yo'llari.
AC va DC zaryadlash, konnektorlar va zaryadlash tezligi haqida batafsil ma'lumot.
Elektr avtomobil batareyasi — bu eng qimmat va muhim qism. Uni to'g'ri parvarish qilsangiz, xizmat muddati 2 barobar uzayishi mumkin.
Batareyani har doim 100% gacha zaryadlash yoki 0% ga tushirib qo'yish uning ichki kimyoviy tarkibiga zarar yetkazadi. Kunlik foydalanishda 20–80% oralig'i optimal hisoblanadi. Uzoq safarga chiqayotganda esa 100% qilsa bo'ladi.
DC fast charger (tez zaryadlash) qulay bo'lsa-da, uni har kuni ishlatish batareyani tezroq eskiradi. Imkon qadar uy yoki sekin AC zaryadlash ishlatish tavsiya etiladi.
+40°C dan yuqori yoki -10°C dan past haroratda batareya sig'imi vaqtinchalik kamayadi. Avtomobilingizni soya yoki garajda saqlang. Qishda zaryadlashdan oldin avtomobilni iliq joyda bir muddat turing.
Yiliga kamida bir marta professional diagnostika o'tkazing. Biz Elektro Tabib sifatida BMS (Battery Management System) holatini, har bir elementning sig'imini va balansini tekshirib beramiz.
Toyota Hybrid avtomobillari ishonchli bo'lsa-da, o'z xususiyatlariga ega muammolari mavjud. Quyida eng ko'p uchraydigan nosozliklar va ularni hal qilish yo'llari keltirilgan.
Bu eng ko'p uchraydigan muammo. Sababi ko'pincha bitta yoki bir nechta batareya elementi (cell) zaiflashib ketishi. Diagnostika orqali aniqlanadi va faqat zaif elementlar almashtiriladi — bu to'liq batareya almashtirishdan 3–4 marta arzon.
Inverter sovutish nasosi (water pump) eskirishi natijasida inverter qizib ketadi. Belgilari: haydash paytida quvvat kamayishi, ogohlantiruvchi lampalar yonishi. Nasosni erta almashtirish inverter shikastlanishining oldini oladi.
Ba'zi Prius va Camry modellarida EPS rul og'irlashib qoladi. Sababi EPS motor yoki uning kontrolleri. Biz bu muammoni original uskunalar bilan hal qilamiz.
Gibrid rejimda benzin dvigatel kerak bo'lmagan paytda ham ishlab tursa — termostat, sovutish tizimi yoki ECU muammosi bo'lishi mumkin. Batafsil diagnostika talab etiladi.
EV egasi bo'lganingizda birinchi savol — qayerda va qanday zaryadlash kerak? Keling, batafsil tushuntiraylik.
Level 1 — oddiy 220V rozetka. Tezligi: soatiga ~10–15 km qo'shadi. Uyquda zaryadlash uchun yetarli, lekin juda sekin. Level 2 — maxsus 32A kuchli rozetka yoki wallbox. Soatiga ~60–80 km qo'shadi. Ko'p EV egalari uy garajiga shuni o'rnatadi.
Tezligi: 30–60 daqiqada 80% gacha zaryadlaydi. Savdo markazlari, yo'l bo'ylarida joylashgan. CCS, CHAdeMO, GB/T konnektorlari mavjud — avtomobilingiz qaysi standartga mosligini bilish muhim.
Hozirda Toshkentda 50+ dan ortiq jamoat zaryadlash stantsiyasi mavjud. BYD, Chery NEV modellariga mos GB/T stantsiyalari ko'paymoqda. Biz sizga avtomobilingizga mos zaryadlash yechimini maslahat beramiz.
Bog'lanish
Savollaringiz bormi? Quyidagi kanallar orqali biz bilan bog'laning — tez javob beramiz!